Savol-Javob

Buyurtma hali yetib kelmagan, holatini yoki qayerdaligini bilmoqchiman?

Buyurtma, to’lov qabul qilinganidan so’ng 1-3 kun ichida yetkazib beriladi! Buyurtma holatini shaxsiy kabinetingiz orqali kuzatib borishingiz mumkin!

Bayram kunlari ham yetkazib beriladimi?

Bikon.Uz jamoasi buyurtmalarni bayram kunlari ham jo’natib beradi, lekin maxsulotni mijozga yetib borishi pochta xizmatlarining ish grafigiga bog’liq!

Buyurtmalar keyingi kunda ham yetkazib berilishi mumkinmi?

Buyurtmalar odatda 1-3 kunda yetkazib beriladi, bu narsa mijozning manziliga bog’liq! Toshkent shahri ichida 1 kun ichida yetkazib berish imkoniyati mavjud!

Maxsulotni qaytarib bersa bo’ladimi?

Mijoz sotib olgan maxsulotini 10 kun ichida qaytarib berishi mumkin, buning uchun maxsulot va qadoqlariga hech qanday zarar yetmagan bo’lishi shart!

Maxsulotlarga qancha muddatga kafolat beriladi?

Barcha maxsulotlarga aniqlangan ishlab chiqarish nuqsonlari uchun 12 oyga ya’ni bir yilga servis kafolati taqdim etiladi! Buning uchun mijoz maxsulotni kafolat taloni va qadoqlari bilan birga taqdim qilishi shart!

Maxsulotni pul ko’chirish orqali ham xarid qilsa bo’ladimi?

Maxsulotni 12% QQS bilan, pul ko’chirish yo’li orqali ham xarid qilish mumkin, narxlar o’zgarmaydi. Buning uchun buyurtma to’lov turini “pul ko’chirish” deb rasmiylashtiring va biz sizga aloqaga chiqamiz!