Ommaviy oferta

(Foydalanuvchi bitimi)

Bikon.uz internet-do‘konidan maxsulot xarid qilishdan oldin ushbu Foydalanuvchi bitimi qoidalari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beramiz!

Ushbu bitim xaridorlarning www.bikon.uz sayti materiallari va maxsulotlaridan foydalanish shartlarini belgilab beradi.

1. Atamalar va tushunchalar

1.1. Sotuvchi — bikon.uz internet – do‘koni.

1.2. Xaridor — www.bikon.uz saytida joylashtirilgan maxsulotlarni xarid qilish uchun sayt yoki telefon orqali buyurtma joylashtirgan hamda mazkur Foydalanuvchi bitimi shartlarini qabul qilgan jismoniy va yuridik shaxslar.

1.3. Maxsulot – tomonlar kelishuvi ob’ekti – www.bikon.uz saytida joylashtirilgan maxsulotlar.

2. Umumiy qoidalar

2.1. Mazkur Foydalanuvchi bitimi (matnda keyingi o‘rinlarda – Shartnoma) maxsulotlarning Sotuvchi tomonidan Xaridorga taqdim etilish tartibi va shartlarini belgilaydi.

2.2. Sotuvchi mazkur Qoidalarga bir tomonlama asosda o‘zgarishlar kiritishga haqli.

2.3. Internet-do‘konning bikon.uz saytida taqdim etilgan barcha foto, video vamatnli materiallar faqat tanishtiruvchi xarakterga ega bo‘lib, texnik holatlarga ko‘ra, maxsulotning rangi, shakli, o‘lchami, jamlanma tarkibi va hokazo xususiyatlari to‘g‘risidagi ishonchli axborotni to‘laqonli bera olmaydi. Xaridorda maxsulotning xususiyatlariga doir savollar tug‘ilsa, u saytda joylashtirilgan aloqaraqami orqali internet-do‘kon maslahatchisiga murojaat etishi lozim.

3. Shartnoma predmeti va maxsulotlar narxi

3.1. Maxsulotlarni mazkur Shartnomada ko‘rsatilgan shartlar asosida Sotuvchi taqdim etadi, Xaridor esa qabul qiladi va haqini to‘laydi. Buyurtma qilingan maxsulot Xaridorga amalda topshirilgan hamda Xaridor tomonidan uning to‘liq narxi to‘langan vaqtdan boshlab, mazkur maxsulotga nisbatan mulk huquqi Xaridorga o‘tadi. Maxsulotning tasodifiy yo‘qotilishi yoki shikastlanishi xatari maxsulot Xaridorga amalda topshirilgan vaqtdan boshlab Xaridorga o‘tadi.

3.2. Maxsulot narxi bir tomonlama va tortishuvsiz asosda Sotuvchi tomonidan belgilanadi hamda bikon.uz internet-do‘koni sahifalarida, O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi – so‘mda ko‘rsatiladi.

3.3. Muayyan maxsulotga shartnoma tuzish taklifi bikon.uz internet-do‘koni saytida grafik surat ko‘rinishida taqdim etilgan ushbu maxsulot mavjud bo‘lganbutun muddat davomida amal qiladi.

4. Shaxsiy ma’lumotlar

4.1. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini, elektron hujjatlarini hamda xabarlarini ko‘rib chiqadi va qonunchilikka muvofiq ularning maxfiyligini ta’minlaydi. Sotuvchi Xaridorning shaxsiy ma’lumotlaridan Shartnomani bajarish maqsadlarida foydalanadi va ularni uchinchi shaxslarga bermaydi. Sotuvchi, shuningdek, shaxsiy ma’lumotlardan Xaridorning roziligisiz Ofertani va (yoki) reklamani, shu jumladan elektron hujjatlarni yoxud elektron xabarlarni ommaviy tarqatma usulida tarqatish uchun foydalanmaydi.

5. Tomonlarning majburiyatlari

5.1. Sotuvchining majburiyatlari:

5.1.1. Xaridorga maxsulot haqida kerakli va to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish.

5.2. Xaridorning majburiyatlari:

5.2.1. Ushbu Shartnoma shartlarini bajarish;

5.2.2. Tanlangan Buyurtmani rasmiylashtirishning (narx, tanlangan maxsulot, maxsulot miqdori va h.k.) to‘g‘riligini uning haqini to‘lashdan oldin puxta tekshirish;

5.2.3. Internet-do‘kon tomonidan bikon.uz saytida va ijtimoiy tarmoqlarda Xaridorlar uchun e’lon qilinadigan xabarlar va bildirishnomalarni kuzatib borish.

6. Tomonlarning huquqlari

6.1. Sotuvchi quyidagi huquqlarga ega:

6.1.1. jiddiy nuqsonlar, xatoliklar va uzilishlar aniqlansa, shuningdek, profilaktika ishlarini o‘tkazish hamda Internet-do‘kon tizimiga noqonuniy buzib kirish holatlarining oldini olish maqsadlarida Internet-do‘kon faoliyatini to‘xtatib turish;

6.1.2. Ushbu Qoidalarni, maxsulotlar narxlariga tariflarni, to‘lov hamda yetkazib berish usullari va muddatlarini bir tomonlama asosda o‘zgartirish. Barcha o‘zgarishlar Internet-do‘konda e’lon qilinishi bilan darhol kuchga kiradi va shu tarzda nashr etilgan vaqtidan boshlab Xaridorga ma’lum qilingan hisoblanadi;

6.1.3. Xaridor bilan bo‘ladigan telefon suhbatlarini yozib olish.

6.2. Xaridor quyidagi huquqlarga ega:

6.2.1. Maslahat uchun Internet-do‘konga murojaat etish.

7. Tomonlarning javobgarliklari

7.1. Xaridor Buyurtmani rasmiylashtirishda taqdim etilgan ma’lumotning mazmuni va to‘g‘riligi uchun javobgar bo‘ladi. Xaridor tomonidan mazkur Shartnomaga ko‘ra o‘z majburiyatlarining umuman yoki kerakli tarzda bajarilmasligi holatida, Xaridor O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra javobgar bo‘ladi.

7.2. Sotuvchi quyidagilar uchun javobgar emas:

7.2.1. Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotdagi ma’lumotlarning mazmuni va to‘g‘riligi;

7.2.2. Sotuvchida vaqtincha Internet-do‘konga kirish imkonining yo‘qligi, shuningdek, bu bilan bog‘liq har qanday oqibatlar;

7.2.3. Sotuvchiga bog‘liq bo‘lmagan holda yuzaga kelgan fors-major holatlari;

7.2.4. Xaridorning harakatlari tufayli uchinchi shaxslarga tasodifan yoki ataylab yetkazilgan har qanday zararlar, shu jumladan har qanday daromad yoki mablag‘larning yo‘qotilishi;

7.2.5. Xaridorning shaxsiy ma’lumotlarini qo‘llagan holda amalga oshirilgan har qanday ehtimoliy xatti-harakatlar, shu jumladan, bunday ma’lumotlar Xaridorning o‘zi tomonidan oshkor etilgan holatlarda ham.

7.3. Quyidagilar natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan Xaridorning kamomadlari yoki foydalana olmagan daromadlari uchun Sotuvchi javob bermaydi:

7.3.1. Internet-do‘kondan foydalanish, shu jumladan Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida taqdim etiluvchi rekvizitlarning noto‘g‘ri to‘ldirilishi;

7.3.2. Internet-do‘konga kirish uchun Xaridor tomonidan ishlatilayotgan qurilmalarda va dasturiy ta’minotda «viruslar» hamda boshqa ziyonkor dasturlar mavjudligi;

7.3.3. Uchinchi shaxslarning, shu jumladan Xaridor identifikatsion ma’lumotlari qo‘llanishi bilan bog‘liq g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari.

8. Shartnomani tuzish tartibi

8.1. Sotuvchi va Xaridor o‘rtasida maxsulotni oldi-sotdi Shartnomasi ofertani yo‘llagan Xaridor Yetkazib beruvchining akseptini olgan vaqtda, mazkur Bitim shartlari asosida tuziladi.

8.2. Maxsulotni sotib olishni istagan Xaridor Internet-do‘konda joylashtirilgan maxsulotni o’z ixtiyori bilan, online tarzda yoki saytda joylashtirilga telefon raqamga qo‘ng‘iroq qilib buyurtma rasmiylashtiradi. Buyurtmani telefon orqali rasmiylashtirish paytida Xaridor maslahatchiga quyidagilarni aytishi lozim:

· Sotib olinadigan maxsulotning markasi va modeli;

· Maxsulot miqdori;

· O‘zining kontakt va shaxsiy ma’lumotlari;

· To‘lov shakli: Plastik karta yoki muddatli to‘lov;

· Maxsulotni yetkazish manzili va vaqti.

8.3. Buyurtmaning o‘zi Xaridorning Sotuvchiga yo‘llangan ofertasi hisoblanadi. Buyurtmaning rasmiylashtirilishi maxsulotning ko‘rsatilgan narxini to‘lashga Xaridorning roziligini anglatadi.

9. To‘lov usullari

9.1. Internet-do‘kondan xarid qilinadigan maxsulot haqini to‘lash uchun Xaridor bank kartalaridan (UZCARD, HUMO, VISA va MASTERCARD) turli to‘lov xizmatlari (masalan, PAYME, CLICK, OCTO v.b.) orqali boshqa elektron to‘lov vositalaridan  foydalangan holda foydalangan holda to‘lovni amalga oshirishi mumkin. Dastlabki bosqichda elektron tijorat doirasida Internet-do‘kon faoliyatida to‘lovlar Xaridor tomonidan faqat yuqorida ko‘rsatilgan usullarda amalga oshirilishi mumkin.

Buning uchun Internet-do‘kon sahifalarida Xaridorga maxsulot haqini Internet-do‘kon hamkorlik qilayotgan to‘lov xizmatlari orqali to‘lash taklif etiladi va Xaridor saytdagi yo‘riqnomalarga rioya qilib, to‘lovni onlayn tarzda amalga oshirishi mumkin.

9.2. Barcha maxsulotlar elektron tijorat vositasida muddatli to‘lovga sotiladi. Maxsulotni muddatli to‘lov bilan xarid qilishda, Xaridor to‘lovni shaxsiy kabinet orqali maxsulotga buyurtma berishda o‘zi tanlagan to‘lovlar jadvaliga muvofiq  tarzda, har oyda teng qismlarda amalga oshiradi.

10. Buyurtmani yetkazib berish. Mulk huquqining o‘tishi

10.1. Buyurtmani rasmiylashtirishda, Xaridor maxsulotni yetkazib berish bo‘yichaKompaniyaning pulli xizmatidan foydalanishi mumkin.

10.2. Maxsulotni yetkazib berish butun O‘zbekiston hududi bo‘ylab BEPUL amalga oshiriladi.

10.3. Xaridorga maxsulotni yetkazib berish Xaridor tomonidan Buyurtmani rasmiylashtirishda ko‘rsatilgan manzil bo‘yicha amalga oshiriladi.

10.4. Yetkazib berish muddati Buyurtmani rasmiylashtirish paytida, yetkazib berish manziliga, maxsulot mavjudligiga va uning xususiyatlariga bog‘liq holda belgilanadi.

10.5. Yetkazib berishning ko‘rsatilgan muddatlari o‘zgarishi mumkin, Foydalanuvchi bu haqda Internet-do‘konda, Shaxsiy Kabinetda yoki telefon orqali xabardor qilinadi.

10.6. Buyurtmani yetkazib berish uchun, Sotuvchi uchinchi shaxslar xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

10.7. Xaridor Buyurtmani Kurerdan qabul qilib olib, Buyurtmani olganligi haqidagi hujjatni imzolagan paytdan maxsulotga nisbatan mulk huquqi Xaridorga o‘tadi.

10.8. Xaridor Buyurtmani olish vaqtida maxsulotning butunligi va jamlanmasining to‘liqligi bo‘yicha tekshirish vositasida uning miqdori, nomi va sifatini ko‘zdan kechirishi (agar buning imkoni bo‘lsa) hamda Buyurtmani olganligi haqidagi hujjatni imzolashi shart.

10.9. Buyurtmani qabul qilib olish vaqtida Xaridor yoki Buyurtmani qabul qilib olayotgan boshqa shaxs, o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etishi lozim.

10.10. Kurer quyidagi holatlarda Buyurtmani topshirmaslikka haqlidir:

10.10.1. Xaridor, yoki Buyurtmani qabul qilib olayotgan boshqa shaxs, Xaridorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatini taqdim etmasa;

10.10.2. Xaridor, yoki Buyurtmani qabul qilib olayotgan boshqa shaxs, Buyurtmani olganligi haqidagi hujjatni imzolashdan bosh tortsa;

10.10.3. Qonunchilikda, mazkur Qoidalarda yoki boshqa, shu jumladan, kurerlik xizmati amal qiladigan hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa holatlarda.

10.11. Buyurtmaning Kurer tomonidan topshirilishi vaqtida Xaridor Buyurtmadan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli. Buyurtmadan butunlay yoki qisman voz kechish holatida, Xaridor Buyurtmadan voz kechishi sabablarini ko‘rsatganholda tegishli hujjatni imzolashi va uni Kurerga topshirishi shart. Voz kechish holatida, Xaridor maxsulotni yetkazib berish uchun Sotuvchi tomonidan qilingan xarajatlarni Kurerga pul mablag‘larini berish yo‘li bilan qoplashi shart.

10.12. Agar Xaridor maxsulotni qabul qilib olishda hujjatlarni imzolashdan asossiz ravishda bosh tortsa va Sotuvchi tomonidan ushbu Qoidalarga muvofiq taqdim etilayotgan xizmatlarning sifatiga yozma e’tiroz taqdim etmasa, u holda Sotuvchi tomonidan amalga oshirilgan xizmatlar kerakli tarzda bajarilgan va Xaridor tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.

11. Buyurtmani bekor qilish. Maxsulotni almashtirish va qaytarish

11.1. Buyurtmani bekor qilish. Xaridorga maxsulotning chiqarib yuborilishini tasdiqlash haqidagi Xabar yo‘llanmasidan oldin Xaridor Buyurtmadan butunlay yoki qisman voz kechishga haqli. Buyurtmani bekor qilish uchun Xaridor Sotuvchi bilan bog‘lanishi va Buyurtmadan voz kechmoqchi ekanligini ma’lum qilishi lozim.

11.2. Zarur sifatga ega bo‘lgan maxsulotni almashtirish. Qonunchilikka binoan, Xaridor o‘zi sotib olgan, oziq-ovqat mahsuloti bo‘lmagan, zarur sifatga ega bo‘lgan maxsulotni o‘ziga topshirilgan kundan boshlab 10 (o‘n) kun mobaynida pulni qaytarib olmasdan va yangi Buyurtma rasmiylashtirmasdan, xuddi shunday maxsulotga almashtirib olishi mumkin. Maxsulotni almashtirib olish yoki qaytarish haqidagi Xaridorning talabi quyidagi hollarda qondiriladi: Maxsulotishlatilmagan va uning maxsulotga xos ko‘rinishi, iste’mol xususiyatlari, plombalari, yorliqlari saqlangan bo‘lsa, shuningdek, uni Sotuvchidan xarid qilganining isboti mavjud bo‘lsa. Qonunchilikka binoan qaytarish va xuddi shunday maxsulotga almashtirish mumkin bo‘lmagan, oziq-ovqat mahsuloti bo‘lmagan, zarur sifatga ega bo‘lgan maxsulotlar bundan mustasno. Zarur sifatga ega bo‘lgan maxsulotni almashtirish uchun, Xaridor Kompaniya bilan bog‘lanishi va almashtirmoqchi ekanligini ma’lum qilishi lozim. Yetkazib beruvchida almashtirib berish uchun kerakli maxsulot mavjud bo‘lmasa, Xaridor sotib olingan maxsulotni Sotuvchiga qaytarishga va uning uchun to‘lagan pul miqdorini qaytarib olishga haqli.

11.3. Zarur sifatga ega bo‘lmagan maxsulot. Agarda zarur sifatga ega bo‘lmagan maxsulot bo‘lsa, u holda Xaridor o‘z ixtiyoriga ko‘ra Yetkazib beruvchiga muqarrar talablarni (masalan, maxsulotni almashtirib berish, uning nuqsonlarini bartaraf etish) qo‘yishga yoki sotib olingan maxsulotdan voz kechishga va maxsulot uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib berishni qonunchilikka muvofiq talab qilishga haqli. Talab qo‘yish yoki maxsulotdan voz kechish uchun, Xaridor Sotuvchi bilan bog‘lanishi va maqsadini aytishi lozim.

11.4. Pullarni qaytarish. Pullarni qaytarish usuli Tomonlar orasida kelishib amalga oshiriladi.

11.5. Maxsulotni qaytarish xarajatlari. Zarur sifatga ega bo‘lgan maxsulotni qaytarishda xarajatlar Xaridor tomonidan qoplanadi. Zarur sifatga ega bo‘lmaganmaxsulotni qaytarishda esa xarajatlar Yetkazib beruvchi tomonidan qoplanadi.

12. E’tirozlarni taqdim etish

12.1. Xaridor Buyurtmani ko‘zdan kechirib olganidan va Buyurtmani olganligi haqidagi hujjatlarni imzolaganidan so‘ng, Sotuvchi tomonidan e’tirozlar qabul qilinmaydi, Maxsulotning kamchiliklari bilan bog‘liq e’tirozlar bundan mustasno.

12.2. Xaridor Sotuvchiga o‘z talablarini da’vo qilish tartibida taqdim etishga haqli.

12.3. Agarda ko‘rsatilgan muddat ichida maxsulotda kamchiliklar sababli da’vo qilingan holatlarda, Sotuvchi maxsulotni ekspertizadan o‘tkazishi mumkin. Agarda Sotuvchi hisobidan o‘tkaziladigan ekspertizada, mazkur kamchiliklar Sotuvchi mas’ul bo‘lmagan holatlar oqibatida yuzaga kelganligi aniqlanadigan bo‘lsa, Xaridor bu ekspertiza xarajatlarini Sotuvchiga to‘lab berishi kerak bo‘ladi.

12.4. Maxsulotda biror defekt yoki shikast aniqlansa, zarur darajada bo‘lmagansifat uchun Yetkazib beruvchi javobgar bo‘ladi, Xaridorning aybi bilan va maxsulotning Sotuvchi tomonidan tashilishida defektlar yuzaga kelgan holatlar bundan mustasno.

13. Tomonlarning javobgarliklari

13.1. Tomonlar mazkur Shartnoma shartlarini umuman yoki zarur darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladilar.

14. Fors-major

14.1. Tomonlardan istalgan biri ushbu Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘liq yoki qisman bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod qilinadi, agar ushbu bajarmaslik mazkur Shartnoma imzolanganidan keyin yuzaga kelgan, Tomonlardan hech biri avvaldan ko‘rishga va o‘zidagi vositalar bilan oldini olishga qodir bo‘lmagan, yengib bo‘lmas holatlar sababli yuzaga kelgan bo‘lsa. Bunday favqulodda hodisalar va holatlar, xususan, quyidagilarni o‘z ichiga oladi: ish tashlashlar, toshqinlar, yong‘inlar, zilzilalar va boshqa tabiiy ofatlar, urushlar, harbiy harakatlar, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar davlat organlarining harakatlari, shuningdek, Tomonlardan istalgan birining oqilona nazorati doirasidan chiquvchi istalgan boshqa holatlar. Amaldagi qonunchilikning yoki tomonlardan istalgan biriga bevosita yoxud bilvosita ta’sir etuvchi me’yoriy aktlarning o‘zgarishi yengib bo‘lmas holatlar sifatida ko‘rilmaydi, ammo, bunday o‘zgarishlarning kiritilishi Tomonlardan istalgan birining mazkur Shartnoma bo‘yicha biror majburiyatini bajarishiga yo‘l qo‘ymaydigan bo‘lsa, Tomonlarning mazkur Shartnomani bajarishda davom etishlarini ta’minlash maqsadida Tomonlar zudlik bilan mazkur muammoni bartaraf etish bo‘yicha ish tartibi borasida qaror qabul qilishlari lozim.

15. Qoidalarni o‘zgartirish tartibi

15.1. Sotuvchi bikon.uz saytida e’lon qilish yo‘li bilan istalgan vaqtda mazkur Qoidalarga bir tomonlama tartibda o‘zgarishlar (qo‘shimchalar) kiritishi mumkin.

16. Nizolarning hal etilishi

16.1. Ofertaning bajarilishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan barcha nizolar vaziddiyatlar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi.

16.2. Maxsulotning/Buyurtmaning sifati va yetkazib berilishiga aloqador nizolar Sotuvchi tomonidan o‘rnatilgan yo‘l bilan hal etiladi.

16.3. Nizolarni muzokaralar yo‘li bilan tartibga solish imkonsiz bo‘lgan holatlarda, nizo O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq hal etiladi.

17. Qo‘llaniluvchi huquqiy me’yorlar

17.1. Mazkur Bitim bilan tartibga solinmaydigan savollar yuzaga kelgan hollarda, Tomonlar ularni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tayanishadi.

17.2. Mazkur Bitimning biror qoidasi qonunchilikka zid bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi me’yorlari qo‘llanadi. Alohida qoidalarning amal qilmasligi yaxlit Bitimning amal qilmasligiga sabab bo‘lmaydi.

Xaridor, mazkur Bitim shartlariga o‘zining roziligini tasdiqlar ekan, bu bilan uning barcha bandlari bilan tanishib chiqqanligini va butkul roziligini tasdiqlaydi.

SAVAT
Bikon admin

Assalomu alaykum, biz sizning savollaringizga javob berishga tayyormiz...